locale OZ

Qilichbozlik. Riyod–2025: O‘zbekiston qilichbozlarining yorqin yuksalishi!

Ularning muvaffaqiyati millionlab yurtdoshlarimizga g‘urur bag‘ishlab, yosh avlodga kuch va ishonch ulashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Riyod–2025: O‘zbekiston qilichbozlarining yorqin yuksalishi!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Riyod shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida qilichbozlarimiz yana bir bor o‘z mahorati, mardligi va yuksak tayyorgarligini namoyish etdi. Shpaga yo‘nalishida Sevara Raximova — kumush, Shahzoda Egamberdiyeva — bronza, rapira bahslarida esa Ilyas Molina — kumush, Radmir Semeneev — bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alabalar nafaqat sportchilarimizning mehnati, balki ularning murabbiylari va butun xalqimizning ishonchi, duosi va qo‘llab-quvvatlashining ifodasidir. Har bir medal — yangi bosqich, yangi kuch, yangi ilhom!

Ularning muvaffaqiyati millionlab yurtdoshlarimizga g‘urur bag‘ishlab, yosh avlodga kuch va ishonch ulashadi.
Ular bugun qilichbozlik yolaklarida yonib kurashdi — ertaga esa yurtimiz sharafini yuksak cho‘qqilarga ko‘taradi.

O‘zbekistonimiz bayrog‘i xalqaro maydonlarda yanada baland ko‘tarilsin!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting