locale OZ

Qilichbozlik. Rapira yo‘nalishida – “Toshkent-1” jamoalarining g‘alabasi

Musobaqaning sablya yo‘nalishidagi yakkalik bahslar bilan davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Rapira yo‘nalishida – “Toshkent-1” jamoalarining g‘alabasi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Toshkentda o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.

Kecha qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar davomida sportchilar mahorat, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni namoyon etdilar.

Erkaklar jamoasi “Toshkent-1” (F.Alimov, А.Muxammedov, Д.Sa’dullayev, U.Usmanov) musobaqaning barcha bosqichlarida ustunlikni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Ayollar jamoasi “Toshkent-1” (Каримова А., Касымова Р., Кильдеева А., Ташпулатова М.) ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yakuniy natijalar:
Erkaklar:
1.Toshkent 1
2.Andijon
3.Toshkent 2 va Farg‘ona.
Qizlar:
1.Toshkent 1
2.Farg‘ona 1
3.Toshkent 2 va Farg‘ona 2.

Bugun musobaqa sablya yo‘nalishidagi yakkalik bahslar bilan davom etmoqda. Oldinda yanada hayajonli bellashuvlar kutilmoqda!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting