locale OZ

Qilichbozlik. Poytaxtimiz Olimpiya shaharchasida tayyorgarlik qizg’in pallada!

2026-yil 27–29-mart kunlari bu yerda kattalar toifasidagi ayol-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Poytaxtimiz Olimpiya shaharchasida tayyorgarlik qizg’in pallada!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ayni damda qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Ma’lum qilganimizdek, 2026-yil 27–29-mart kunlari bu yerda kattalar toifasidagi ayol-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mutasaddilar tomonidan barcha jihatlar — musobaqa maydonlari, texnik jihozlar, sportchilar uchun sharoitlar va tashkiliy masalalar puxta tayyorlanmoqda. Har bir detal xalqaro talablar darajasida bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qiziqarli jihati shundaki, bugungi kunga qadar dunyoning 25 mamlakatidan jami 152 nafar ayol qilichboz ushbu musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa Toshkent bosqichi naqadar raqobatbardosh va murosasiz kechishidan darak beradi.

Shubhasiz, еng kuchli qilichbozlar bahsi, keskin va murosasiz bellashuvlar — barchasi muxlislarni kutmoqda!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting