locale OZ

Qilichbozlik. O‘zbekiston shpagachilari xalqaro maydonga yo‘l oldi

Ular qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyon etishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. O‘zbekiston shpagachilari xalqaro maydonga yo‘l oldi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi, Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan qilichbozlik bo‘yicha Xalqaro shpaga turnirida yurtimiz nomidan munosib ishtirok etish uchun terma jamoamiz vakillari yo‘lga chiqdi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli sportchilarimiz — Tashmuxammedova Asal hamda Ermamatov Abror.

Ular qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyon etishadi.
Sportchilarimizga tajribali va fidoyi murabbiy —
Djeenbaev Saidbek rahbarlik qilmoqda. Bugun ushbu terma jamoamiz vakillari Ufa shahriga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro arenada yana baland hilpirashi uchun sportchilarimizga kuch-qudrat, omad va ilhom tilaymiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting