Qilichbozlik. O'zbekiston chempionatining shpaga yo'nalishi bo'yicha g'oliblar ma'lum
Jizzax shahrida qilichbozlaik bo'yicha U-23 O’zbekiston chempionatining hal qiluvchi bahslari davom etmoqda. Shpagachilar Ozoda Usmonjonova va Azamat Kudeybergenov U-23 O‘zChda chempionlikni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Jizzaxda qilichbozlik bo‘yicha 23 yoshgacha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Shpaga bo’yicha yakkalik bahsida jami 100 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi.
Qizlar o’rtasidagi bellashuvda andijonlik sportchi Ozoda Usmonjonova barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritib chempion bo’ldi. Murosasiz kechgan final bahsida Ozoda Dilnaz Murzatayevani 15:13 hisobida engib, zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, shpagachi Dilnaz Murzataeva Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida o‘zbek qilichbozligi tarixida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.