locale OZ

Qilichbozlik. Nukusda U-20 O‘zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Qilichboz-sportchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi harbiy orkestr sadolari ostida maydonga kirib keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Nukusda U-20 O‘zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Nukus shahrida U-20 O‘zbekiston Kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.


Tadbirda Respublikamiz viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 20 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli sportchilar va murabbiylar, shuningdek, QR Sport vazirligi vakillari, QR Mudofaa ishlari boshqarmasi, Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati, mas’ullari, qilichbozlik muxlislari ishtirok etdi.

Qilichboz-sportchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi harbiy orkestr sadolari ostida maydonga kirib keldi. Bu esa musobaqaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ochilish tadbirida QR Sport vazirligi Ixtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalari bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Po‘lat Baltabayev va O‘QF Qoraqalpog’iston bo‘limi raisi Dauletmurat Kalxorozov ishtirokchilarni qizg‘in qutladilar va O‘zbekiston Kubogi U-24 musobaqalariga rasmiy start berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting