locale OZ

Qilichbozlik. Musa Aymuratov FIE Satellite xalqaro turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi

Musobaqada 17 davlatdan 96 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Musa Aymuratov FIE Satellite xalqaro turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Dunyoning 17 davlatidan, jumladan Argentina, Braziliya, Turkiya, Peru, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 96 nafardan ortiq sportchi qatnashgan FIE Satellite xalqaro qilichbozlik turnirida (erkaklar) sportchi Musa Aymuratov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Medalga yo'l:
32-raund: avstraliyalik sportchi LENNKH Nikolaus ustidan g‘alaba qozondi — 15:6
32-tur: YAMAN Furkan (Turkiya) bilan keskin to‘qnash keldi — 15:14
32-tur: italiyalik DREOSSI Leonardo ustidan g‘alaba — 15:14
16-raund: O‘zbekiston derbisida Sardor Abdukarimbekovni mag‘lub etish — 15:9
Yarim final: turkiyalik sportchi KALENDER Muhammed Furkanga yutqazdi — 13:15

Yakuniy natija:
1 KALENDER Enes Talha (Turkiya)
2 KALENDER Muhammad Furqon (Turkiya)
3 Aimuratov Musa (O'zbekiston)
3 ARPINO Alberto (Italiya)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting