locale OZ

Qilichbozlik. Jizzaxda sport murabbilari va sportchilari munosib taqdirlandi

Boks va dzudo sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari bo’lgan sportchilar va murabbiylar ham taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Jizzaxda sport murabbilari va sportchilari munosib  taqdirlandi
photo: qilichbozlik

Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev sportchi yoshlar va murabbiylar bilan uchrashib, ularni tantanali ravishda taqdirladi.

Uchrashuvda viloyatda etishib chiqayotgan qator iste’dodli sportchilarning jahon sport arenalarida erishgan yutuqlari hamda va ular murabbiylarining mehnati viloyat hokimi tomonidan e’tirof etildi.

Xususan, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan qilichbozlik bo‘yicha murabbiy Xamroz Xolmurodovga 10 mln so‘m hamda uning shogirdi qilichbozlik milliy terma jamoa a’zosi Samira Shokirovaga 30 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.

Mazkur tantanali tadbirda boks va dzudo sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari bo’lgan sportchilar va ularning murabbiylari ham taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting