locale OZ

Qilichbozlik. Bugunning yosh chempionlari — Yangi O‘zbekiston faxri!

Ushbu bellashuvlar nafaqat g‘oliblarni, balki katta orzular sari dadil qadam tashlayotgan yosh iste’dodlarni ham namoyon etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Bugunning yosh chempionlari — Yangi O‘zbekiston faxri!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Bugun Jizzax shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan yosh qilichboz o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuvlar nafaqat g‘oliblarni, balki katta orzular sari dadil qadam tashlayotgan yosh iste’dodlarni ham namoyon etdi.

G‘olib va sovrindorlar:
O‘g‘il bolalar:
1. Mustafayev Selimxon —Farg‘ona
2. Ahmadov Muhammadqodir —Farg‘ona OPSTTM
3. Abdujaliev Abdurashid —Qoraqalpog‘iston
3. Bisengaliev Shohruhbek — Qoraqalpog‘iston

Qiz bolalar:
1. Tashimova Rayana — Toshkent
2. Kuzikova Ulyana — Toshkent
3. Salihova Zarina — Toshkent
3. Qodirova Sarvinoz — Farg‘ona

Qilichboz yosh chempionlarning ko‘zida — ishonch, yuragida — g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, har bir harakatida esa mehnat va intizom mujassam. Bugungi kichik g‘alabalar ertangi katta yutuqlarning poydevoridir.

Barcha sportchilarni, murabbiylarni va ota-onalarni chin dildan tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting