Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ayni paytda poytaxtimiz Toshkent shahrida qizgʻin oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ayni paytda poytaxtimiz Toshkent shahrida qizgʻin oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda.
Bu yigʻinlar sportchilarimiz uchun juda muhim bosqich bo‘lib, ular 27–29 mart kunlari Toshkent mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bosqichi hamda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mashgʻulotlar jarayonida sportchilar asosan texnik va taktik harakatlarni takomillashtirish, tezkorlik va chaqqonlikni oshirish, shuningdek jangovar vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ustida ishlashmoqda. Har bir zarba, har bir qadam – kelajakdagi gʻalabalar sari tashlangan dadil qadamdir.
- “Murabbiylar va sportchilar yagona maqsad yo‘lida birlashgan- deydi Milliy terma jamoa bosh murabbyi Yorqin Yoldashev: -Oʻzbekiston bayrogʻini xalqaro arenalarda baland koʻtarish!
Oldinda mas’uliyatli startlar turibdi, shu bois terma jamoamizning mehnati, irodasi va gʻalabaga bo‘lgan ishtiyoqi ularga katta natijalar olib kelishiga ishonamiz”.