Qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati | Gonkong 2026
Qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati | Gonkong 2026
22-iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi vakillari Gonkongda bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi qilichbozlik bo'yicha jahon chempionatida erkaklar rapira va ayollar shpaga bahslarida ishtirok etadilar.
Erkaklar rapira:
Radmir Semeneyev, Ulug'bek Usmonov, Daniil Kravtsov va Ilyas Molina
Musobaqada 70 mamlakatdan 172 sportchi, jumladan, Braziliya, Yaponiya, Belgiya, Xitoy, Chexiya, Germaniya, Italiya va boshqa ko'plab mamlakatlar vakillari ishtirok etadi.
Ayollar shpaga:
Shahzoda Egamberdieva, Malika Xakimova va Dilnaz Murzatayeva
Ushbu musobaqada 60 mamlakatdan 172 sportchi, jumladan, Venesuela, Yaponiya, AQSh, Polsha, Meksika, Malayziya, Gretsiya, Fransiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar vakillari medallar uchun kurashmoqda.
O'zbekistonlik sportchilarga jahon chempionatida ishonchli chiqishlar, ajoyib g'alabalar va munosib natijalar tilaymiz!