locale OZ

Qilichbozlik bo'yicha Jizzax mezbonligidagi O’zbekiston chempionati U-13 yakunlandi

Chempionatning so‘nggi kuni esa sablya yo‘nalishida jamoaviy bellashuvlar bilan yanada qizg‘in va hayajonli kechdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik bo'yicha Jizzax mezbonligidagi  O’zbekiston chempionati U-13 yakunlandi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

2026-yil 25–30-yanvar kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan U-13 yosh toifasidagi kichik o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur musobaqa yosh sportchilar uchun nafaqat g‘alaba, balki katta tajriba va kelajak sari dadil qadam bo‘ldi. Respublikaning barcha hududlaridan, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan iqtidorli qilichbozlar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Chempionatning so‘nggi kuni esa sablya yo‘nalishida jamoaviy bellashuvlar bilan yanada qizg‘in va hayajonli kechdi.

G‘olib va sovrindorlar:
O‘g‘il bolalar:
1— Qoraqalpog‘iston 1
2— Toshkent 1
3— Qoraqalpog‘iston 2
3— Qoraqalpog‘iston 3

Qizlar:
1— Qoraqalpog‘iston 1
2— Jizzax 1
3— Qoraqalpog‘iston 2
3— Toshkent 1

Ushbu natijalar yosh qilichbozlarning mehnati, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi samarasidir.
Barcha g’oliblar, murabbiylar va ota-onalarni tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting