locale OZ

Qilichbozlarimiz jahon chempionatida 3 ta dasturda ishtirok etdi

Tbilisidagi bellashuvlarda sportchilarimiz muxlislar umidini oqlashga harakat qilishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

27 iyul kuni Tbilisi shahrida o'tkazilayotgan qilichbozlik bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta dasturda bahs olib bordi.

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan to'rt nafar sportchimiz yakka dasturda to'qnashuvlarda qatnashdi, shuningdek, sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda o'zini sinab ko'rishdi.

Yigitlar jamoaviy sablya yo'nalishida 1/16 finalda Polsha terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Erkaklar, yakkalik shpaga bahslarida:
• Javohirbek Nurmatov Kanada vakili Ruibo Siaoga qarshi jang qildi.
• Vadim Anoxin Chexiyalik Yakob Yurkaga qarshi bahs olib bordi.

Ayollar, yakkalik sablya yo'nalishida esa:
• Samira Shokirova Germaniya vakili Felis Herbon bilan to'qnashdi.
• Fernanda Errera esa Koreya Respublikasidan Jiyon Seoga qarshi bahs olib bordi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting