locale OZ

Qilichboz qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida shohsupaga koʻtarilishdi

Sanam Nazarova yakkalik dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichboz qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida shohsupaga koʻtarilishdi
Фото: Olympic.uz

Oʻtgan hafta yakunida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari oʻtkazildi.

Dunyoning turli mamlakatlari mezbonlik qilgan musobaqalarda terma jamoamiz vakillari ham sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Jumladan, Tbilisida oʻtgan sablya boʻyicha qizlar oʻrtasidagi jamoaviy musobaqada hamyurtlarimiz kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Misr mezbonlik qilgan shpaga bellashuvlarida esa Sanam Nazarova yakkalik dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting