locale OZ

Qashqadaryoda sohil voleyboli bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqasi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatida sohil voleyboli sport turi bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryoda sohil voleyboli bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Qashqadaryo viloyatida sohil voleyboli sport turi bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlarda viloyatning turli hududlaridan kelgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordi. Sohil voleyboli “Hokim olimpiadasi” dasturidagi sport turlaridan biri hisoblanadi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin — Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
2-o‘rin — Dehqonobod tumani 50-maktab jamoasi
3-o‘rin — Ko‘kdala sport maktabi

Qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin — Qarshi tumani
2-o‘rin — Nishon tumani
3-o‘rin — Yakkabog‘ tumani

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sohil voleybolini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting