locale OZ

Qashqadaryoda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda

Musobaqa 14-mart kuniga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryoda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Qashqadaryo viloyati Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yoshlar U-16 yosh toifasida qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchi qizlar ishtirok etib, o‘z mahorati, nafisligi hamda murakkab gimnastik elementlarni yuqori darajada ijro etish orqali g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda Milliy Olimpiya qo‘mitasi viloyat hududiy bo‘limi ijrochi direktori Erkin Vahidov, sport sohasi mutasaddilari, murabbiylar hamda hakamlar hay’ati vakillari ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladilar.

Mazkur chempionat mamlakatimizda badiiy gimnastika sport turini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni kashf etish hamda kelajak chempionlarini tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqa 14-mart kuniga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting