locale OZ

Qashqadaryo viloyatida o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sport sinovlari o‘tkazilmoqda

Ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyatida o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sport sinovlari o‘tkazilmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Qashqadaryo viloyatida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur jarayon viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi ta’lim muassasalarini qamrab olgan holda izchil davom etmoqda.

Sport sinovlari davomida o‘quvchilar ixtiyoriy talablar asosida faol ishtirok etib, o‘z jismoniy tayyorgarlik darajalarini amaliy tarzda sinovdan o‘tkazmoqdalar. Belgilangan mashqlar orqali ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, chidamliligi, tezkorligi hamda umumiy jismoniy holatini namoyon etmoqda.

Jarayon davomida o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va intilishi alohida e’tiborga loyiq. Ayniqsa, sinovlarning ixtiyoriy asosda tashkil etilgani yoshlarning sportga bo‘lgan ongli yondashuvini kuchaytirib, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur sport sinovlari nafaqat o‘quvchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, balki iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni sportning turli yo‘nalishlariga yo‘naltirish hamda kelgusida yuqori natijalarga erishadigan sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting