locale OZ

Qashqadaryo viloyati velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilar taqdirlash marosimida diplomlar bilan mukofotlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyati velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi
photo: velosport Uzbekistan

Qashqadaryo viloyati velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Musobaqada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan kichik yoshdagi o‘smir sportchilar o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyish etish bilan birga, qimmatli musobaqa tajribasini ham orttirdilar. Chempionat dasturidan yakkalik hamda jamoaviy poygalar o‘rin olib, ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilar taqdirlash marosimida diplomlar bilan mukofotlandilar. Mazkur chempionat yosh velosportchilarning salohiyatini oshirish, ularni yirik musobaqalarga tayyorlash va velosportni yanada ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting