locale OZ

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB boshlig‘i kubogi bo‘yicha voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Turli maktablaridan qatnashgan o‘g‘il-qizlar jamoalari o‘z maktablari sharafi uchun qat’iyat bilan kurash olib bordilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB boshlig‘i kubogi bo‘yicha voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Nishon tumanidagi 38 umumta’lim maktab sport zalida yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda tumanning turli maktablaridan qatnashgan o‘g‘il-qizlar jamoalari o‘z maktablari sharafi uchun qat’iyat bilan kurash olib bordilar.

Natijalar quyidagicha:

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — 16-maktab jamoasi
2-o‘rin — 20-maktab jamoasi
3-o‘rin — 26-maktab jamoasi

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — 35-maktab jamoasi
2-o‘rin — 16-maktab jamoasi
3-o‘rin — 21-maktab jamoasi

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik va sport madaniyatini shakllantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.

Gʻolib jamoalar Nishon tumani IIB boshlig‘i Sherzod Rahmanov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting