Qarshida xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi
Musobaqa FIDE qoidalari asosida 2 guruhda o‘tkaziladi:
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Joriy yilning 18–24-may kunlari Qarshi shahrida Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan “Qarshi Open – 2026” V xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan “SHAH-POLAN M” MCHJ hamkorligida tashkil etilmoqda.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida 2 guruhda o‘tkaziladi:
“A” guruhi — reytingi 1800 va undan yuqori ishtirokchilar,
“B” guruhi — reytingi 1999 va undan past ishtirokchilar.
Xalqaro unvonga ega shaxmatchilar uchun ishtirok bepul. Boshqa ishtirokchilar uchun badal miqdori reytingiga qarab belgilanadi. Xorijlik ishtirokchilar uchun badal 100 AQSh dollarini tashkil etadi.