Qarshi shahrida Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida qoʻl jangi sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
Qarshi shahrida Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida qoʻl jangi sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli bellashuvlarda respublikaning turli hududlaridan kelgan 180 nafar harbiy xizmatchi o‘zaro kuch, mahorat va jangovar tayyorgarlik borasida sinovdan o‘tmoqda.
Musobaqa doirasida ishtirokchilar 8 ta vazn toifasida ringga chiqib, yuqori shiddat va keskin raqobat ostida g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda jangovar ruh va professional mahoratni yanada mustahkamlashdan iborat.
Har bir bellashuv tomoshabinlarga katta hayajon, kuchli hissiyotlar va sportga xos chinakam raqobat muhitini taqdim etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting — eng qiziqarli lahzalar hali oldinda.