locale OZ

Qarshi shahrida Kurash mahorat maktabi foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qarshi shahrida Kurash mahorat maktabi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Qarshi shahrida “Kurash mahorati maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat va shahar faollari, nuroniylar, sport faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davlat investitsiya dasturi doirasida ushbu majmua uchun 13,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 150 o‘rinli yotoqxona, zamonaviy oshxona, sport zali va boshqa yordamchi binolar bunyod etildi.

Ushbu zamonaviy kurash mahorat maktabi davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga va ayniqsa milliy qadriyatimiz bo‘lmish kurashga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting