locale OZ

Qamashi va Yakkabogʻ tumanlaridagi sport maktablarining faoliyati va yoshlar bilan ishlash samaradorligi oʻrganildi

16-30 yosh oraligʻidagi aholini sportga yanada keng keng jalb etish rejalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qamashi va Yakkabogʻ tumanlaridagi sport maktablarining faoliyati va yoshlar bilan ishlash samaradorligi oʻrganildi
Фото: Olympic.uz

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududning qator tuman va shaharlari oʻrganildi. Tashrif davomida sport maktablari hamda taʼlim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Oʻrganish ishlarida viloyat hokimi Murodjon Azimov mutasaddilarga hamrohlik qildi. Jumladan, Qamashi tumanidagi 52-sonli umumtaʼlim maktabi va “Nurli yoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini, Yakkabogʻ tumanidagi 1-sonli sport maktabi koʻzdan kechirildi.

Mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan muloqotlarda yosh sportchilarning mashgʻulotlar jadvali, sport maktablarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, hududlarda 16-30 yosh oraligʻidagi aholini sportga yanada keng keng jalb etish rejalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida sport maktablarida boks, sport kurashlari, taekvondo va dzyudo kabi sport turlari boʻyicha Olimpiya, jahon va Osiyo chempionlari ishtirokida oʻtkazilgan mahorat darslari yoshlarga unutilmas taassurotlar bagʻishladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting