Qahramon Jalilov Samarqandda regbini rivojlantirishni muhokama qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Regbi federatsiyasi Bosh kotib Qahramon Jalilov ishchi tashrifi doirasida Samarqandga bordi va viloyatda regbi sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Diqqat markazida — oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida regbini ommalashtirish masalasi bo‘ldi.
Viloyat sport boshqarmasida o‘tkazilgan uchrashuvda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
• Murabbiylar malakasini oshirish
• Hakamlar tayyorgarligi va sifatini yaxshilash
• Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish
Bugungi kunda Samarqand shahri, shuningdek Samarqand, Toyloq va Payariq tumanlarida ushbu sport turini targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor