locale OZ

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Sport vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi

Yoshlarni sportga jalb qilish va Olimpiya turlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Sport vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi
Rasm: Olympic.uz

Bugun, 25 avgust kuni Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 18-avgust kuni davlatimiz rahbarining Toshkentdagi yangi Olimpiya shaharchasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Majlisda yoshlarni sportga keng jalb qilish, olimpiya sport turlarini maktab davridan boshlab rivojlantirish, Toshkent shahri tajribasini yaratish va uni respublika hududlariga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Olimpiya shaharchasiga oid topshiriqlarni amalga oshirish uchun alohida dastur ishlab chiqilishi va uning qat’iy nazorat ostida bajarilishi ta’kidlandi. Shuningdek, inshootlardan samarali foydalanish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha axborotlar tinglandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting