locale OZ

Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi

Davlat rahbari ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda topshirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
Фото: Президент матбуот хизмати

O‘zbekiston shaxmati tarixida muhim yutuq qayd etgan grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turniridagi g‘alabasi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi tantanali marosimda taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident marosimda so‘zga chiqib, Javohir Sindarovni mazkur tarixiy zafar bilan yana bir bor samimiy qutladi. Bu butun xalqimizning, Yangi O‘zbekistonning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.

«Albatta, hech bir natija o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning zamirida uzoq yillik tinimsiz mehnat, bolalikdan orttirilgan tajriba, qat’iy iroda, temir intizom va, albatta, ustoz va murabbiylarning saboqlari, ota-ona, bobo va buvijonlarning duosi mujassam. Fursatdan foydalanib, mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onangga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting