«Prezident Paralimpiadasi» sport musobaqalarining taqdimoti o'tkazildi
Musobaqalar taqvimi va sport turlari atroflicha muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligida "Prezident Paralimpiadasi", "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqillari" va "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalarini tashkil etish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda inklyuziv jamiyatni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarning davomi sifatida "Prezident Paralimpiadasi" musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xikmat Toshmatov tomonidan taqdimot o‘tkazilib, musobaqalar taqvimi va sport turlari atroflicha muhokama qilindi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist