locale OZ

«Prezident Olimpiadasi» va Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni koʻrib chiqildi

Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Prezident Olimpiadasi» va Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni koʻrib chiqildi
Фото: Olympic.uz

Sport vazirligida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining yakuniy bosqichi – “Prezident Olimpiadasi” hamda yaqinlashib kelayotgan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov olib borgan yigʻilishda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ishtirok etishdi.

Dastavval, “Prezident Olimpiadasi” bahslariga hozirlik jarayoni muhokama qilindi. Rasmiylar bu yilgi bellashuvlarda qatnashayotgan yoshlar 2029-yil poytaxtimizda tashkil etiladigan yoshlar Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilayotgan avlod boʻlgani bois seleksiya jihatlariga alohida ahamiyat qaratish zarurligini taʼkidlashdi. Qolaversa, yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, musobaqalar jadvali, shaffof hakamlikni taʼminlash kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor berildi.

Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga hozirlanayotgan terma jamoalarimizni boʻlajak musobaqaga puxta tayyorlash, sportchilarga barcha kerakli sharoitlarni yaratish masalalari ham atroflicha koʻrib chiqildi. Rasmiylar tomonidan federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullariga barcha terma jamoalarning Yaponiyaga borish rejasini yana bir karra tahlil qilish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting