locale OZ

«Prezident Olimpiadasi»: Og‘ir atletika sport musobaqalariga rasman start berildi

Musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 300 dan ortiq 15–17 yoshli iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Prezident Olimpiadasi»: Og‘ir atletika sport musobaqalariga rasman start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Ayni daqiqalarda Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Prezident Olimpiadasi”ning og‘ir atletika sport turi bo‘yicha musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa boshlanishidan avval Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Sharipovich Mahmudov tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi hamda musobaqaga yuqori saviyada start berdi.

Tantanali ochilish marosimida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o’tamiz, mazkur musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 300 dan ortiq 15–17 yoshli iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirok etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting