locale OZ

Prezident Olimpiadasi doirasida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Respublika turnirining ochilish marosimi bo‘ldi

Tadbir davomida respublika turnirining dastlabki kun g'olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prezident Olimpiadasi doirasida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Respublika turnirining ochilish marosimi bo‘ldi
photo: velosport Uzbekistan

Olimpiya shaharchasida "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalari doirasida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida Respublika birinchiligi bo'lib o'tmoqda. Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun kurash olib boryapti.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston velosport federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jayev ishtirok etdi. So'zga chiqqanlar o'z nutqlarida mamlakatimizda velosportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib o'tishdi.

Tadbir davomida respublika turnirining dastlabki kun g'olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting