locale OZ

Prezident Olimpiadasi doirasida og‘ir atletika bahslarida yangi O‘zbekiston rekordi o‘rnatildi

Musobaqalar davom etmoqda, oldinda esa hali ko‘plab qiziqarli bellashuvlar bizni kutmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Prezident Olimpiadasi doirasida og‘ir atletika bahslarida yangi O‘zbekiston rekordi o‘rnatildi
photo: Og'ir atletika

–76 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar bahsi yuqori darajadagi raqobat va murosasiz kurashlar bilan yakunlandi. Unda Surxondaryo viloyati vakilasi Shahnoza Haydarova O’zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo’ldi.

Shahnoza siltab ko‘tarish mashqida 123 kg toshni muvaffaqiyatli ko‘tarib, amaldagi O‘zbekiston rekordini yangiladi. Dast ko‘tarish bosqichida esa u 97 kg natijani qayd etdi. Natijada ikki kurash bo‘yicha jami 220 kg ko‘rsatkich bilan mutlaq ustunlikka erishdi va o‘z vazn toifasida oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Musobaqalar davom etmoqda, oldinda esa hali ko‘plab qiziqarli bellashuvlar bizni kutmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting