locale OZ

Previyu. «Paxtakor» - «Navbahor»

Hozirgacha jamoalar chempionatlarda 70 uchrashuvda maydonga tushishgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. «Paxtakor» - «Navbahor»
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 3-tur markaziy o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi.

Ushbu klublar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar aynan shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirgacha jamoalar chempionatlarda 70 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tomonida. 42 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 14 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 14 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 114 gol urilib, 57 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

9 bahsda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Toshkentdagi uchrashuvlarning 28tasida "paxtakorchilar" g‘alaba qozonib, 6 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 29 o‘yinda 25 g‘alaba va 4 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 mart, seshanba kuni 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting