locale OZ

Poytaxtimizda sportda gender tenglikka bag'ishlangan konferensiya o'tkazildi

Tadbirda ayollarni sportga jalb etish, muammolar va yechimlar yuzasidan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Sport sohasida gender tenglik: muammo va yechimlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, sport vaziri Adham Ikromov, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida so‘nggi yillarda yurtimizda, ayniqsa, xotin-qizlarni sportga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar alohida ta’kidlandi.

Xususan, Sport vazirligi va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasi asosida maxsus qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, mavjud sport inshootlarida mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda xotin-qizlar uchun bepul gimnastika, yoga, fitness hamda salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. “Namangan tajribasi” asosida yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizim amaliy natijalar berayotgani qayd etildi.

Konferensiya yakunida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting