locale OZ

Poytaxtimizda ilk bor Paralimpiyachilar matonati xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Poytaxtimizda ilk bor Paralimpiyachilar matonati xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi
Photo: Para Olimpiyada

2025-yil 24-28–noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston tajribasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish maqsadida “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi hamda uning doirasida “Adaptiv sport” festivali tashkil etiladi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratish, adaptiv sportni rivojlantirish va jismoniy reabilitatsiya tizimini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Forumda xorijiy paralimpiya sportchilari, xalqaro ekspertlar, mutaxassislar va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, adaptiv sport infratuzilmasi, ta’lim dasturlari, ijtimoiy integratsiya masalalari bo‘yicha muhokamalar olib boriladi. Shuningdek, mashhur paralimpiya sportchilari, yuqori natijalarga erishgan matonat va jasorat sohiblari bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Adaptiv sport festivali doirasida Rossiya adaptiv xokkey federatsiyasining yetakchi sportchilari va murabbiylari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etiladi va mahorat darslari o'tkaziladi

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu forum va festival nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning matonati va hayotga intilishini yorituvchi, jamiyatda inklyuzivlik madaniyatini mustahkamlovchi muhim xalqaro maydonga aylanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting