locale OZ

Poytaxtimizda badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Turnir U 15, U 17 hamda U 23 yoshlilar o'rtasida bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Poytaxtimizda badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
photo: badminton uzbekistan

Badminton bo‘yicha U15, U17 va U23 yosh toifalarida oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatining ochilish marosimida Badminton Osiyo taraqqiyot qo‘mitasi raisi Vajid Ali Chaudhry, Sport vaziri Adkham Ikramov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, O‘zbekiston Badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduxakimov va MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.

Chempionatda mintaqaning 6 mamlakatidan sportchilar qatnashmoqda va birinchi kundan boshlab yorqin o‘yin namoyish etishmoqda.

Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va Mo‘g‘uliston mamlakatlaridan jamoalar ishtirok etishmoqda.

Tadbir davomida mamlakatimizda badminton sporti rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Lutfulla Ubayev O’zbekiston Respublikasi Sport vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting