locale OZ

Poytaxtimiz ilk bor hakamlar uchun qit’aviy seminarga mezbonlik qilmoqa

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Poytaxtimiz ilk bor hakamlar uchun qit’aviy seminarga mezbonlik qilmoqa
PHOTO: Telegram

Toshkentda ilk bor Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) shafe’ligida hakamlar uchun qit’aviy seminar (Tashkent IJF Continental Category Examination & Seminar) boshlandi.

23 mayga qadar davom etadigan ushbu xalqaro seminarda AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Kuvayt singari 12 davlatdan kelgan jami 30 nafar hakam qatnashyapti. Ular orasida bizning referilar ham bor.

Seminar va imtihonlarni IJF rasmiylari Armen Bagdasarov, Daniel Laskau va Frank-Yoxem Dyotch o‘tkazishadi. Reja bo‘yicha bugun va ertaga seminar, 21 may kuni yozma imtihon bo‘lib o‘tadi. 22-23 may kunlari esa hakamlar Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Tashkent Junior Asian Cup turnirida amaliy imtihondan o‘tishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting