Porye Getji bilan trilogiya uchun UFCga qaytishi mumkinligini maʼlum qildi
Avvalroq Jastin Pimblett ustidan gʻalaba qozongandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yengil vazn toifasida UFC chempionligi uchun uch karra da’vogar bo‘lgan amerikalik Dastin Porye hamyurti Jastin Getji bilan uchinchi jang o‘tkazish uchun faoliyatini qayta tiklashga tayyor ekanini bildirdi.
«Aynan shu jang uchun qaytardim», — deb yozdi Porye ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Porye va Getji o‘rtasidagi ilk jang 2018 yil aprel oyida UFC on Fox 29 turnirida bo‘lib o‘tgan va to‘rtinchi raundda Poryening texnik nokaut orqali g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Revansh bahsi esa 2023 yil iyulida UFC 291 turniri doirasida o‘tkazildi va unda Getji ikkinchi raundda nokaut evaziga zafar quchdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist