locale OZ

Polshaning Sopot shahrida CSI1* va CSIO4* toifalaridagi xalqaro musobaqa rasman boshlandi

10-iyun kuni Polshaning Sopot shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqalari rasman boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polshaning Sopot shahrida CSI1* va CSIO4* toifalaridagi xalqaro musobaqa rasman boshlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Polshaning Sopot shahrida CSI1* va CSIO4* toifalaridagi xalqaro musobaqa rasman boshlandi

10-iyun kuni Polshaning Sopot shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqalari rasman boshlandi.

O‘zbekiston terma jamoasidan musobaqada Gaziyev Baxromjon, Kurbanov Bekzod va Abdullayev Abdurahmon ishtirok etmoqdalar.

Musobaqalar oldidan barcha ishtirokchi otlar uchun majburiy veterinariya nazorati (Vet Check) o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi chavandozlarining otlari veterinariya ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqada ishtirok etishga ruxsat oldi.

Endilikda sportchilarimiz xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilib, sovrinli o‘rinlar hamda FEI reyting ochkolari uchun bahs olib boradilar.

O‘zbekiston terma jamoasiga omad, muvaffaqiyatli startlar va yuqori natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting