locale OZ

Polsha: Abdurahmon Abdullayev xalqaro musobaqaning CSIO4* toifasida top-10 talikka kirdi

Yo’nalish yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik chavandoz 8-o‘rinni egallab, ishonchli tarzda top-10 talikka kirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polsha: Abdurahmon Abdullayev xalqaro musobaqaning CSIO4* toifasida top-10 talikka kirdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

13-iyun kuni Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa doirasida to‘siqlar balandligi 150 sm bo‘lgan CSIO4* yo’nalishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdullayev Abdurahmon Caballone laqabli oti bilan Yevropaning yetakchi chavandozlari ishtirok etgan kuchli raqobat sharoitida munosib natija qayd etib, musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari qatoridan joy oldi.

Yo’nalish yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik chavandoz 8-o‘rinni egallab, ishonchli tarzda top-10 talikka kirdi.

Chavandozimizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz va nufuzli xalqaro musobaqalarda kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting