PFL jangchisi chempionlik jangi uchun sochini oldirdi
Amerikalik MMA jangchisi Liz Karmush PFL chempionlik jangi oldidan noodatiy qarori bilan e’tiborni tortdi. 42 yoshli sportchi belgilangan vaznga tushish uchun rasmiy vazn o‘lchash marosimi oldidan sochini butunlay oldirdi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Karmush 16-oktabr kuni Jena Bishopga qarshi vakant chempionlik kamari uchun jang qiladi. Sportchi vazn o‘lchash marosimida tavakkal qilishni istamagan va sochini oldirgach, tarozida aniq 125 funt natijani qayd etgan.
Uning raqibi Jena Bishop esa 124,6 funt vazn ko‘rsatgan. Shu tariqa, ikki sportchi ham chempionlik jangi uchun qo‘yilgan talablarni bajargan. Ularning avvalgi uchrashuvi 2025-yil avgustida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Karmush nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, Karmush Bellator tashkilotining sobiq chempioni hisoblanadi. U so‘nggi to‘rtta jangining barchasida g‘alaba qozongan. PFL Chicago turniridagi revansh esa ayollar o‘rtasidagi eng yengil vazn chempionlik kamarining yangi sohibini aniqlab beradi.