locale OZ

PepsiCo Formula-1 bilan ko‘p yillik hamkorlik tuzdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Formula-1 va amerikalik PepsiCo kompaniyasi o‘rtasida ko‘p yillik shartnoma imzolangani ma’lum qilindi. “Qirollik poygalari”ning matbuot xizmatiga ko‘ra, shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Shartnoma doirasida PepsiCo muxlislar orasida Formula-1’ning auditoriyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, hamkorlik F1 Academy ayollar chempionatidagi loyihalarni ham o‘z ichiga oladi.

Formula-1ning bosh direktori Stefano Domenikali izoh berdi:
«Bu ikki tarixiy va mashhur brendning ajoyib ittifoqi. Bu sheriklik orqali an’analar va innovatsiyalar birlashib, butun dunyo bo‘ylab muxlislar va mijozlarimizga quvonch, zavq va unutilmas tajribalar taqdim etiladi».

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting