locale OZ

“Paxtakor” sport zalida – qilichbozlik hayajoni avjida!

Osiyo Kadet Kubogi doirasida yigitlar shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda bellashishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Paxtakor” sport zalida – qilichbozlik hayajoni avjida!
photo: qilichbozlik

Bugun Osiyo Kadet Kubogi doirasida yigitlar shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda bellashishdi. Shuningdek, muxlislar uchun qiziqarli bo‘lgan qizlar (shpaga) va yigitlar (sablya) jamoaviy uchrashuvlari ham o‘tkazildi.

Eng yorqin lahza – O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Qozog‘iston jamoasi bilan hal qiluvchi final bahsda 45:42 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo Kubogi chempionligiga erishdi!

O‘zbekiston terma jamoa tarkibi:
• Zarina Xamroboyeva
• Sanam Nazarova
• Asal Tashmuhammedova
• Ozoda Usmonjonova
Yakuniy natija:
1-o'rin O‘zbekiston
2-o'rin Qozog‘iston
3-o'rin Qirg‘iziston
3-o'rin Tojikiston

Har bir zarba, har bir ochko tomoshabinlarni hayajonga soldi. Qizlarimiz oxirigacha kurashib, oltin medalni yurtimizga taqdim etishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting