locale OZ

Paxtakor sport majmuasi 13–14 dekabr kunlari qilichbozlik bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi

Musobaqada dunyoning eng iste’dodli, eng kuchli shpaga ustalari g‘oliblik uchun bellashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paxtakor sport majmuasi 13–14 dekabr kunlari qilichbozlik bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Poytaxtimizdagi Paxtakor sport majmuasi 13–14 dekabr kunlari qilichbozlik bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Musobaqada dunyoning eng iste’dodli, eng kuchli shpaga ustalari g‘oliblik uchun bellashadi

Bugun musobaqaga tayyorgarlikning eng muhim bosqichlaridan biri—sportchilarning ekipirovkalari va qurollarini texnik nazoratdan o‘tkazish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Tayinlangan maxsus guruh har bir qilich, himoya kiyimi va elektron sensorga qadar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazdi. Chunki ertangi bahslar — aniqlik, xavfsizlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

Musobaqada quyidagi davlatlar yosh qilichbozlari qatnashmoqda:
Azerbayjon
Misr
Gretsiya
Gonkon
Qozog‘iston
Arabistоn
Meksika
Nigeriya
O‘zbekiston
Qirg`iziston

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting