locale OZ

Parijda Prezident sovrini uchun 30 000 yevro mukofot jamg‘armasiga ega xalqaro kurash turniri o‘tkaziladi

Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

Joriy yilning 21–23 iyul kunlari jahоn madaniyatining beshigi sanalgan Parij shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ochiq xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Yevropa kurash konfederatsiyasi, Fransiya kurash federatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etiladi. Olimpiya shahri maqomiga ega bo‘lgan Parij bu safar dunyo kurash yulduzlarini qabul qiladi.

An’anaviy tarzda har yili tashkil qilinadigan ushbu nufuzli turnirda:
erkaklar — -90 kg va +90 kg,
ayollar — -70 kg va +70 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Bahslar Parijning mashhur sport inshootlaridan biri — “Emil Anthoine Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa mukofot jamg‘armasi 30 000 yevroni tashkil etadi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar Xalqaro kurash assotsiatsiyasi reyting tizimida muvofiq ballarga ega bo‘ladilar.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting