locale OZ

\"Paralimpiyachilar matonati\" xalqaro forumi doirasida \"Adaptiv sport\" festivali bo'lib o'tdi

Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filialida "Paralimpiyachilar matonati" xalqaro forumi va uning doirasida "Adaptiv sport" festivali bo'lib o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Paralimpiyachilar matonati" xalqaro forumi doirasida "Adaptiv sport" festivali bo'lib o'tdi
Photo: Para Olimpiyada

Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filialida "Paralimpiyachilar matonati" xalqaro forumi va uning doirasida "Adaptiv sport" festivali bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Sport vaziri A.Ikramov, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori S.Tarasov, Ijtimoiy himoya milliy agetnliti direktori o'rinbosari, O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi va Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi M.Tashxodjayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari U.Sharifxo'jayev, shuningdek oliy ta’lim muassasalari, taniqli para sportchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Festival doirasida adaptiv jismoniy tarbiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, ota-onalar uchun motivatsion seminarlar, bolalar uchun mashhur illyuzionist Sergey Safronov shou dasturi, inklyuziv ta’limga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar taqdimoti, maxsus texnologiyalar taqdim etilgan Wi-Fi zona, adaptiv sport bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va o‘yinlar o‘tkazildi.

Xalqaro ekspertlar va mahalliy mutaxassislar hamkorligida tenglik va inklyuzivlik g‘oyalarini targ‘ib etish, maxsus jihozlardan foydalanilgan holda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda adaptiv sport bo‘yicha ilmiy standartlarni muhokama qilish ishlari amalga oshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting