locale OZ

Para yengil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha dunyo birinchiligi yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi
photo: Para olimpiya

Hindistonning Nyu-Deli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha dunyo birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar bahs olib borgan mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda hamyurtlarimiz tomonidan 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi.

Oltin:
Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash)
Jasur Xo'jayev (F32, yadro uloqtirish)
Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish)
Faxriddin Xamrayev (T12, 400 m)
Temurbek Giyazov (T64, balandlikka sakrash)

Kumush:
Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish)
Shahina Yigitaliyeva (F46, nayza uloqtirish)
Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish)
Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish)
Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish)

Bronza:
Tolibboy Yo'ldoshev (F37, yadro uloqtirish)
Navro'za Axmatova (F41, disk uloqtirish).

Jamoamiz Nyu-Deli-2025 Jahon chempionatini umumjamoa hisobida medallar jamg'arish reytingida 14-o'rinda yakunladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting