locale OZ

Para yengil atletika. Yoqutxon Xolbekova — jahon chempioni

Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletika. Yoqutxon Xolbekova — jahon chempioni
Foto: Paralympic uzni

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonligidagi para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida ayollar o‘rtasida T12 toifasidagi uzunlikka sakrash bellashuvlari nihoyasiga yetdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova ishtirok etib, 5.54 m natija bilan eng yaxshi bo‘ldi va barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqa oltin medaliga ega chiqdi. Bu Xolbekovaning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Jahon chempionati ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash dasturi (T12)

Yoqutxon Xolbekova (O‘zbekiston) - 5.54
Lida Lounela (Finlandiya) - 5.28
Hamri Linda (Jazoir) - 5.16

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting