locale OZ

Para yengil atletika. Shahina Yigitaliyeva faoliyatida ilk bor Jahon chempionati medaliga ega chiqdi!

16 yashar hamyurtimiz 41.97 m ko‘rsatkich orqali mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletika. Shahina Yigitaliyeva faoliyatida ilk bor Jahon chempionati medaliga ega chiqdi!
photo: Para olimpiya

Hindiston mezbonligidagi para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida ayollar o‘rtasida F46 toifasidagi nayza uloqtirish bahslari yakuniga yetdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Shahina Yigitaliyeva jamoamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi. 16 yashar hamyurtimiz 41.97 m ko‘rsatkich orqali mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Mazkur dasturda chiqish qilgan yana ikki sportchimiz — Xusnora Qudratulleva (39.57) hamda Karomat Omonova (38.56) esa faoliyatidagi eng yaxshi natijalariga erishishdi.

Jahon chempionati
Ayollar o'rtasida nayza uloqtirish dasturi (F46)
1 Noella Rorda (Niderlandiya) - 43.74
2 Shahina Yigitaliyeva (O'zbekiston) - 41.97
3 Xolli Arnold (Buyuk Britaniya) - 41.94

Hozirda hisobimizdagi medallar soni 2 tani tashkil etmoqda. Biroz avval Kubaro Hakimova (F41) yadro uloqtirish bahslarida kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting