locale OZ

Para yengil atletika. Kubaro Hakimova uch karra Jahon chempionati sovrindori

Bu 23 yashar Kubaroning Jahon chempionatlari doirasidagi uchinchi medali bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletika. Kubaro Hakimova uch karra Jahon chempionati sovrindori
photo: Para olimpiya

Nyu-Deli shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz — Kubaro Hakimova hamda Navro‘za Axmatova ishtirok etishdi. Quvonarlisi, bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Kubaro Hakimova 10.17 m natija qayd etgan holda musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Bu Kubaro uchun mavsumdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Navro‘za Axmatova esa 9.49 m masofaga yadro uloqtirish orqali faoliyatidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Axmatova bu ko‘rsatkich bilan Jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi.

Jahon chempionati
Ayollar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F41)
🥇Meyerli Buitragi Arriza (Kolumbiya) - 10.21
🥈Kubaro Hakimova (O'zbekiston) - 10.17
🥉Raua Tlili (Tunis) - 9.96

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatidagi ilk medaliga ega chiqdi. Ma’lumot o‘rnida, bu 23 yashar Kubaroning Jahon chempionatlari doirasidagi uchinchi medali bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting