locale OZ

Para yengil atletika. Jasur Xo‘jayev Jahon chempionati g‘olibi!

Faxriddin Xamrayev T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvlarining hal qiluvchi bosqich chiptasiga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletika. Jasur Xo‘jayev Jahon chempionati g‘olibi!
photo: Para olimpiya

O‘zbekiston para yengil atletika terma jamoasi Nyu-Delida davom etayotgan Jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida F32 toifasida yadro uloqtirish bahslari finalida qatnashgan hamyurtimiz Jasur Xo‘jayev o‘z urinishlari davomida 9.96 m masofani bo‘ysundirib, mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etish bilan birga jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi.

Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F32)
1 Jasur Xo'jayev (O'zbekiston) - 9.96
2 Atanasios Konstantinidis (Gretsiya) - 9.65
3 Mohamed Najib (Jazoir) - 9.56

Shuningdek, bugun chiqish qilgan sportchilarimizdan Yorqinbek Odilov hamda Ilxom Turg'unov F57 toifasida disk uloqtirish dasturi finaliga yo'l olgan bo'lsa, Faxriddin Xamrayev T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvlarining hal qiluvchi bosqich chiptasiga ega chiqdi.

Hozirda hisobimizdagi medallar soni 7 tani tashkil etyapti: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting